Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga MUNOSABAT

×

 2020-01-06 17:59:30    181

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani Xumdon qishlog‘i, Bog‘bonlar ko‘chasi 105-uyda yashovchi Umidaxon Karimovaning xonadonida qishloq aholisining foydalanishi uchun kutubxona tashkil etilganligi, oilaviy ahvoli va sog‘ligini inobatga olgan holda ushbu kutubxonani sharoitini yaxshilash, kitoblar sonini ko‘paytirish hamda kutubxona faoliyatini yuritish uchun oylik tayinlanishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari А.Yusupov Xumdon mahallasining masʼul xodimlari bilan birgalikda ushbu xonadonga borib, masalaga oydinlik kiritish uchun o‘rganishlar olib bordi.


O‘rganishlar natijasida 880 dan ziyod kitoblar mavjud bo‘lgan xonadondagi kutubxonani mahalla ahlining barchasi uchun qulay hamda yetarli sharoitlarga ega bo‘lgan binoga ko‘chirish va U.Karimovaga tegishli tartibda oylik to‘lanishiga kelishib olindi.