Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Saylovlar shaffof va halol o‘tdimi?" sarlavhasi ostida tarqatilgan xabarga MUNOSABAT

×

 2019-12-24 17:43:46    172

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Saylovlar shaffof va halol o‘tdimi?" sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.

Xabarda aniq dalillarga asoslanilmagan holda, 109-Qo‘shtepa saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan qo‘yilgan nomzod bir oy oldin tanlab olinganligi va odamlar orasida biror marotaba targ‘ibot - tashviqot ishlari olib borilmagan – deya shikoyat qilingan.

Ushbu holat yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, 109-Qo‘shtepa saylov okrugi tomonidan Qonunchilikda belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga nomzodlarning targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishlari uchun reja grafigi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga asosan nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari tashkil etilgan. Barcha nomzodlarga teng sharoit yaratib berilgan. Har bir nomzod uchrashuvlarda saylovchilarni saylovoldi dasturlari bilan tanishtirib o‘tgan.

Xususan, 109-Qo‘shtepa saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan qo‘yilgan nomzod Sh.Raximov ham boshqa 4 ta partiya nomzodlari qatori grafik asosida uchastkalarda bo‘lib, o‘tkazilgan uchrashuvlarda saylovchilarni o‘z saylovoldi dasturi bilan tanishtirib o‘tgan.

Shu yilning 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov jarayonining yakuniy xulosalariga ko‘ra ko‘p ovoz to‘plagan. Bu jarayonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishtiroki yoki qo‘llab-quvvatlashi kuzatilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 40-moddasida keltirib o‘tilganidek, saylov jarayonida mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga tutash hududlarni obodonlashtirish, fuqarolar, ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, saylov komissiyalarini texnik vositalar, mebel, ashyolar, ofis texnika vositalari, transport bilan taʼminlash kabi vazifalar yuklatiladi.