Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Buyuk va muqaddas Vatanimiz madhiyasi
2019-12-10 14:51:21 911
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Har bir satri chuqur maʼnoga ega bo‘lgan davlatimiz madhiyasining mardonavor va sohir ohangi barchamizni sehrlab qo‘yadi, qalbimizda Vatanimizdan faxrlanish, bugunimizdan shukronalik va ertamizga ulkan ishonch hissini jo‘sh urdiradi.
1992-yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Mazkur qonunda belgilanganidek, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi, unga zo‘r ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.
Qo‘shtepa tumani Davlat xizmatlari markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunning 27 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning ochilish marosimida tuman hokimi I.Novikov so‘zga chiqib, Davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kunning 27 yilligi bilan muborakbod etdi.
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Аbdulla Oripov sheʼri, O‘zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorug‘ umidi va mustahkam ishonchi teran ifodalangan.