Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 83 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

×

 2019-11-30 13:47:11    359

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani XTB tasarrufidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 83 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni maktab direktori Rustamjon Yusupov ochib berdi.

Tadbirda mehmon sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Gulchehra Asronova va Erkin Vohidov nomidagi ijodkorlar maktabi o‘quvchilari Rustamjon Xoshimov va Sarvinoz Tursunovalar tashkil qilingan tadbir zamirida yoshlar atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning hayoti va ijodi bilan yanada yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari, shoirning bosib o‘tgan ijod yo‘lida qoldirgan ulkan ma’naviy merosi xususida to‘xtalib, shoirning ijodiga mansub to‘rtliklardan o‘qib berdilar. 

Tadbir davomida xalq shoiri Erkin Vohidovning hayoti va ijodi haqida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va shoir qalamiga mansub she’rlarni ifodali o‘qib berdilar.


Tadbir so‘ngida bo‘lajak shoiralar sifatida e’tirof etilgan va o‘zlarining ijodiy namunalarini o‘qib eshittirgan o‘quvchilar M.G‘oziyeva va M.To‘lqinovalarga estalik sovg‘alari topshirildi.