Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sanoat yarmarkasida Qo'shtepalik tadbirkorlar faol ishtirok etdi

×

 2019-11-28 16:53:25    244

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-7 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilab bergan vazifalari ijrosini taʼminlash yuzasidan shu yilning 28 noyabr kuni Farg‘ona shahrida “Biznes markazi”ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

“Biznes markazi”da tashkil etilgan sanoat yarmarkasining rasmiy ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosarlari, tuman hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda 50 dan ziyod tadbirkorlar va kichik biznes subyektlari o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlari namunalarini sanoat yarmarkasi ishtirokchilari uchun namoyish etdilar.

Jumladan, yarmarkada Qo‘shtepa tumanidan to‘qimachilik, trikotaj, sanoat maxsulotlari, qurilish mollari, va hunarmandchilik buyumlari bilan tumandagi “Uniform plyus” MChJ, “Uz Nur Lord tekstil” MChJ, “Mavj quvonch ziyo” MChJ, “Fayzli Robiyaxon jilosi” xususiy korxonalari ishtirok etdilar.