Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi

×

 2019-11-23 17:18:07    220

PDF yuklash
Chop etish


Qoʻshtepa tumanidagi 15-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi A.Abdumalikov, tuman hokimi oʻrinbosari A.Yusupov, tuman “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi D.Xoliqov, hamkor tashkilot vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Festivalni Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi A.Abdumalikov ochib berib, ishtirokchilarni tadbir maqsadi bilan tanishtirdi. Yoshlarimizning milliy mafkuraviy bilimlarini oshirish, milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar natijadorligini taʼminlashda davlat va jamoat tashkilotlari, ijodkor ziyolilar rolini kuchaytirish, bolalar ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtaldi.


Festivalda tumandagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan saralangan oʻquvchilar 6 ta nominatsiya boʻyicha oʻz iste’dodlarini namoyish qildi.


Yakuniy natijalarga koʻra, 13 nafar ishtirokchilar gʻolib sifatida eʼtirof etildi va viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.


Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.


Shohrux RAHMONBERDIYEV,

Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bosh mutaxassisi