Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Bosh hisobchining noqonuniy xatti-harakati davlatga 101 million so‘mga tushdi
2019-11-23 12:53:11 365
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Byuroning Qo‘shtepa tumani bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Qo‘shtepa tuman elektr tarmoqlari korxonasida o‘tkazilgan o‘rganish davomida, tuman ETK hisobchisi Y.А. korxonada elektr hisobini yuritishda “Elektr hisob” rasmiy dasturida ishlash uchun unga ishonib topshirilgan elektron kalit “parol imzo” orqali kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda 2014 yil noyabr oyidan 2019 yil avgust oyiga qadarli turli vaqtlarda ETK isteʼmolchisi bo‘lgan 16 ta yuridik korxonalarining elektr hisoblash koeffitsientlariga g‘arazli niyatlarda o‘zgartirishlar kiritish orqali o‘zganing mulkini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilib, davlat manfaatlariga 504.577 kVt.soat yoki 101 mln. 589,4 ming so‘m moddiy zarar yetkazganligi aniqlandi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyat XETK mutaxassislari tomonidan berilgan 26.09.2019 yildagi 7295-15-3-sonli qayta hisob-kitob xulosasiga ko‘ra, korxona hisobchisi Y.А. o‘ziga biriktirilgan elektron kalit orqali 16 ta yuridik isteʼmolchilarning hisoblagichlariga foydalanayotgan elektr energiyasini hisobga olish uchun o‘rnatilgan toktransformator koeffitsentlarini 26 marotaba asossiz ravishda o‘zgartirilganligi oqibatida, “Farg‘ona XETK” АJ manfaatlariga 504.577 kVt.soat yoki ushbu harakat sodir etilgan davridagi davrlarga mutanosib ravishda 101.589.467 so‘mlik elektr energiyasini isteʼmolchilarga hisob-kitob qilinmaganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holatda Qo‘shtepa tuman elektr tarmoqlari korxonasi hisobchisi Y.А.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hayotjon SULAYMONOV,
Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi boshlig‘i