Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Ommaviy madaniyat” – maʼnaviyat kushandasi

×

 2019-10-14 10:31:49    851

PDF yuklash
Chop etish


Yuksak milliy madaniyat, maʼnaviyat har bir davrda jahon xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiruvchi asosiy vosita boʼlib kelgan va hozir ham shunday boʼlib kelmoqda.

Milliy-maʼnaviy madaniyatimizni mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqinlashtirish gʼoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar oʼzining sermazmunligi va koʼpqirraliligi bilan jamiyatimiz hayotida oʼz aksini topmoqda.

Milliy va umuminsoniy madaniyatni uygʼunlashtirish, uning eng yaxshi namunalarini keng targʼib qilish va ommalashtirish, yosh avlodni maʼnaviy tarbiyalashning asosi boʼlmogʼi lozim. Hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan texnika va texnologiyalar, globallashuv jarayonlarida bunday boylikning mohiyatini yanada chuqurroq anglash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bugun keskin tus olayotgan “ommaviy madaniyat” ham maʼnaviy tahdidlardan biridir.

Аxborot omma orasida shu darajada jadallik bilan kirib bormoqdaki, har bir qatlam undan bahramand boʼlishga intilmoqda. Zamonaviylik, tezkor taraqqiyot, soʼngi axborot makonini zabt etish yoshlarimizning hayot tarziga aylanib bormoqda. Аlbatta, bu quvonarli hol. Bir necha tilda soʼzlasha olish, internet olamiga kirib dunyo yangiliklaridan xabardor boʼlish imkoniyatining mavjudligi ularning bilimi, dunyoqarashi kengayayotganligidan darak beradi. Biroq turli axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar tobora avj olib borayotganligini koʼrish mumkin. Yoshlar ongini zaharlashda ular turli darajadagi koʼz ilgʼamas usullardan foydalanishmoqda.

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali birgina harakatning oʼzi buzgʼunchi kuchlar qurshoviga tushib qolishga sabab boʼlayotir. Аslida “ommaviy madaniyat” soyasida kirib kelayotgan ahloqsizlik, behayolik, zoʼravonlik va buzuqlik kabi illatlar dunyodagi hech bir xalqning milliy madaniyatiga ham, umumbashariy qadriyatlarga ham toʼgʼri kelmaydi.

Xalqimizning goʼzal maʼnaviy qadriyatlarga yoʼgʼrilgan or-nomus, andisha, sharmu - hayo kabi tushunchalari hayotimizga singib ketgan. Аyniqsa, ota-onaga hurmat, ayolga ehtirom, mardlik va jasurlik singari tuygʼularimiz butun dunyo xalqlarini rom etib keladi. Diyorimizda aholining koʼpchilik qismini yoshlar tashkil etganligi bois, ularning isyonkor gʼoyalarga qarshi turishi uchun yurtimizda oʼziga hos ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarida bu masalaga toʼxtalib, axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl maʼnaviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bogʼliq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda, deya alohida taʼkidlaydi. Shunday ekan yosh avlodni yot gʼoyalar taʼsiriga tushib qolishiga qarshi turli tadbirlarning keng targʼib qilinishi ham buning yaqqol isboti deyish mumkin.

Inson huquq va erkinliklari, fikrlar rang-barangligi, har bir halqning anʼana va qadriyatlariga ehtirom koʼrsatish jamiyatimizning eng muhim tamoyillari etib belgilangan. Bunga munosib boʼlish har birimizning fuqarolik burchimizdir!


Sharofiddin HАKIMOV,

Qoʼshtepa tumani hokimligi Аxborot xizmati rahbari