Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Yoshlar markazida tadbir bo’lib o’tdi

×

 2019-10-11 17:56:51    186

PDF yuklash
Chop etish


Xalqaro qizlar kuniga 2012-yil, 11-oktabrda BMT Bosh assambleyasida asos solingan. Ushbu kun qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga butun dunyoning eʼtiborini qaratish maqsadida har yili 11-oktabrda nishonlanadi.

Xalqimizda qiz bolani parvarishlash, ularga taʼlim va tarbiya berish, qizlarni oila va yurt shaʼni deb ardoqlash hamisha ustuvorlik kasb etgan. Shoirona taʼbir bilan aytganda “Oʼgʼil bola uyning, qiz bola koʼngilning sultoni” hisoblanadi.

Tumandagi yoshlar markazida ushbu kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimining oʼrinbosari, xotin-qizlar qoʼmitasi raisi S.Omonboyeva, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi xodimlari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.


Tadbir davomida yurtimizda yoshlarga ayniqsa, qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, turli xil tanlovlar tashkil etilganligi va har sohada tashabbuskor qizlarimiz safi kengayib borayotganligi xususida so’z yuritildi.


Qo'shtepa tumani hokimligi axborot xizmati