Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivali

×

 2019-07-16 14:20:54    175

PDF yuklash
Chop etish


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi  371 – sonli qarori asosida,  Marg‘ilon shahridagi “Erkin Vohidov nomidagi “Madaniyat va istirohat bog‘ida 11-13-iyul kunlari “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivali bo‘lib o‘tdi.  Festivalda Farg‘ona viloyati  Marg‘ilon shahri “Chodir jamol”, Qo‘qon shahri “Qo‘qon yor-yori”, Qo‘shtepa tumani “Kabutar”, So‘x tumani “So‘x chashmasi”, Furqat tumani “Shodlik” va Quvasoy shahri “Qo‘sh chinor” folklor-etnografik ansambllari, shuningdek, 41 ta havaskor folklor guruhlari mavjud bo‘lib, har bir guruhning bir-biriga o‘xshamagan, o‘ziga xos repertuarlari bilan ishtirok etishdi. Ularning musiqiy ijrochiligida yalla, lapar, aytishuv, o‘lan, yor-yor, allalar alohida e’tiborni o‘ziga tordi.

Festifalda Qo‘shtepa tumani ham o‘z chiqishlari va ko‘rgazmalari bilan faol ishtirok etdi.

Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor festivali doirasida “Ijodiy jamoalar” o‘rtasida Farg‘ona viloyati hokimi sovrini uchun o‘tkazilgan tanlovda faol ishtiroki uchun Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Kabutar” folklor – etnografik xalq jamoasi Farg‘ona viloyati hokimining diplomi bilan taqdirlandilar.