Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMI TUMANDAGI MAKTABLARDA BO‘LIB, TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLAR BILAN YAQINDAN TANISHMOQDA

×

 2024-04-16 17:33:04    180

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev tumandagi barcha umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim sifati va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Jumladan, tuman rahbari Qo‘shtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib, bu yerdagi o‘quv jarayonlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, o‘quv darslari va to‘garaklar faoliyati bilan qiziqdi. Kutubxona, sport zali, o‘quv xonalari, maktabning moddiy-texnik bazasi, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

Maktabda ta’lim sifatini yanada yaxshilash, oliy ta’limga kirish qamrovni oshirish, o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish, kutubxona fondini boyitish va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlanib, muhim vazifalar belgilandi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram