Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA “TARBIYANING BOSH MAKTABI – OTA-ONA IBRATI” DEB NOMLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-03-25 15:16:25    123

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi “Madaniyat markazida” viloyat hokimligining Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda tuman hokimligining Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oqila ayollar” harakatining hamkorlikdagi “Tarbiyaning bosh maktabi – ota-ona ibrati” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.  

Viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i K.Kavlonova, viloyat “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Yu.Rahimovalar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda viloyatdan tashrif buyurgan mehmonlar hamda Qo‘shtepa tumanidagi mutasaddi rahbarlar, shuningdek, “Oqila ayollar” harakati a’zolari va tumandagi ibratli oilalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar va ibratli oila vakillarining fikr-mulohazalari hamda ularning hayot yo‘llari haqidagi fikr-mulohazalari  tinglandi.

Qiziqarli va mazmunli o‘tgan ma’naviy-marifiy tadbir davomida ibratli oila vakillariga esdalik sovg‘alari hamda taniqli jurnalist, “Oydin” gazetasi muharriri X.Karimovaning “Buni umr derlar” deb nomlangan kitobi muallif tomonidan sovg‘a sifatida berildi.

“Targ‘ibot guruhi” viloyat rahbari S.Alimova esa Qo‘shtepa tumani “Oqila ayollar” harakati hamda “Targ‘ibot guruhi” rahbari D.Yusupova va boshqa faollarga Navro‘z bayrami munosabati shuningdek, Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini rivojlantirishdagi faol ishtiroki, respublikada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning “Tashakurnoma”sini topshirdi.  

Tadbir davomida tuman Madaniyat uyi xonandalarining badiiy chiqishlari namoyish etilib, kuylar sho‘x qo‘shiq va raqslarga ulanib ketdi.














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram