Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA RASMIY MUNOSABAT

×

 2023-03-02 10:12:01    101

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda: “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Quvurboshi mahallasidan murojaat qilyapmiz. Ko‘chamizdagi ichimlik suv quvurini yangilaymiz deb asfalt yo‘lni kovlashdi. Ishni 3 kunda bitkazamiz deb va’da berishgandi, 15-20 kun o‘tsa-da, ish yakunlanmadi. Suvni qo‘shni ko‘chadan tashib kelyapmiz. Buning ustiga ko‘cha loyga botgan. 50-maktabga qatnaydigan 700-800 bola loy ko‘chadan yurishiga to‘g‘ri kelyapti. Ko‘chamizga o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam mashinalari ham kira olmayapti. Ishni tez muddatda, sifatli yakunlashlarini so‘raymiz” – deyiladi.

Ushbu tanqidiy murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ayni kunlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli “Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish” dasturi doirasida Quvurboshi MFY hududida 1 dona ichimlik suvi qudug‘ini ta’mirlash, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 2 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari “Baraka Fayz Invest” MChJ tomonidan bajarilmoqda.  

Fuqarolar murojaati belgilangan tartibda tegishli mutaxassisilar tomonidan o‘rganilganida, pudratchi tashkilotning texnikalari nosozligi sababli ishlarni bajara olmaganligi aniqlandi. Hozirda qo‘shimcha boshqa texnika olib kelib ishlarni bajarilishini hamda ko‘chalarga tortilgan tarmoqni qum-shag‘al aralashmasi bilan ko‘mib, tekkislash ishlarini 3 kun muddatda o‘z yakuniga yetkazilishi ma’lum qilindi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram