Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI”BAYRAMI MUNOSABATI BILAN QO‘SHTEPA TUMANIDA TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2022-10-26 11:04:25    94

PDF yuklash
Chop etish



25 – oktyabr “Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni” munosabati bilan Qo‘shtepa tumani hokimligida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari hamda soha vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov so‘zga chiqib tumanimiz hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar olib borilayotgani, bunda har bir xodimning alohida o‘rni borligini e’tirof etdi.

Shuningdek tadbirda so‘z olgan tuman IIB boshlig‘i Sh.Mavlonov so‘nggi yillarda ichki ishlar organlarida olib borilayotgan tub islohotlarning samarasiga to‘xtalar ekan, bu borada ayniqsa xodimlar va faxriylarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar bugun alohida e’tiborda ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash bilan bir qatorda tumanimiz hududida olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi xodimlarning bir guruhiga 25 oktyabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘alari hamda profilaktika inspektorlariga 10 ta kompyuter jamlanmalari topshirildi.

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram