Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ILG’OR TERIMCHILAR MUNOSIB RAG’BATLANTIRILMOQDA
2022-09-24 21:57:46 83
Milliy boyligimiz bo‘lgan “oq oltin”ni dalalardan yig‘ib-terib olish uchun terimchilar, ko‘ngilli hasharchilar astoydil bel bog‘lab mehnat qilishmoqda. Ayni vaqtda dalalarda ish qizg‘in. Terimchilar bor hosilni so‘nggi misqoligacha yig‘ishtirib olishga astoydil bel bog‘lashgan. Terim sur’atini oshirishda, terimchilarga kuch-g‘ayrat bag‘ishlashda, ayniqsa, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilayotgani qo‘l kelayotir.
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi A.Otaboyev MMTPga qarashli “Musaffo fayz oqshomi” nomli fermer xo‘jaligi dalalarida paxta yig‘im-terimida qatnashayotgan xotin-qizlarga tuman targ‘ibot guruhi rahbari D.Yusupova va fermer xo‘jaligi rahbari B.Bo‘tayevlar tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.