Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-09-20 16:28:35    91

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumani Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini Iqtidor ko‘chasidan yuborilgan tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Qumtepa MFY Iqtidor ko‘chasidan murojaat qilyapmiz. “Ochiq byudjet” dasturi orqali Iqtidor ko‘chasining 500 metr qismini asfaltlashtirish loyihasini yutib olgan edik. Dasturda 500 metr yo‘lni asfaltlashtirish ko‘zda tutilgan, firma esa faqat 400 metrga asfalt yotqizdi, 100 metr yo‘l qolib ketdi. Moliya idorasi 500 metr yo‘l ta’miri uchun mablag‘ o‘tkazilganini aytmoqda. Holatni kim nazorat qilar ekan?”  – deya xabar qilingan. 

Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Fuqaro Jasurbek Yakubov tomonidan Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘inidagi Iqtidor ko‘chasining 500 metr qismini asfaltlashtirish uchun 170,0 mln.so‘m “Ochiq byudjet” portaliga taklif kiritilgan. Mazkur tadbirni amalga oshirish uchun “Farg‘ona Yo‘l Servis Loyiha” MChJ tomonidan buyurtmachi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.Vaxobov ishtirokida nuqson dalolatnomasi tuzilgan.

Ushbu tuzilgan nuqson dalolatnomasiga asosan Iqtidor ko‘chasining uzunligi 410 metr, eni 4 metrli asfaltlashtirish ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun “Farg‘ona Yo‘l Servis Loyixa” MChJga 3,2 mln.so‘m o‘tkazilgan hamda loyihachi tomonidan loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilib belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng mazkur ob’ekt umumiy qiymati 168,2 mln.so‘mni tashkil qilgan.

Byurtmachi tomonidan ya’ni tuman obodonlashtirish boshqarmasida tuzilgan ishchi guruh komissiyasi tomonidan tanlov o‘tkazilib, o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra 161,9 mln.so‘mga Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi g‘olib deb topilib, buyurtmachi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi o‘rtasida 2022 yil 16 iyun kuni 161,9 mln.so‘mga shartnoma tuzilgan. Ushbu shartnomaga asosan Iqtidor ko‘chasini asfaltlashtirish ishlarini joriy yilning 16 iyul kunigacha yakunlash bo‘yicha majburiyatini olgan.

Bugungi kunda Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 161,9 mln.so‘mlik (100%) ishlar bajarilib, bajarilgan ishlar daolatnomasida uzunligi 410 metr eni 4 metr bo‘lgan 1640 m2 ichki yo‘l asfaltlashtirilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan tashabbus bo‘yicha ajratilgan 170,0 mln.so‘m mablag‘ning 3,2 mln.so‘mi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlariga, 161,9 mln.so‘mi pudrat ishlari uchun yo‘naltirilgan bo‘lib qolgan 4,9 mln.so‘m iqtisod qilingan mablag‘ jamg‘armaga tiklangan.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.

 

 

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram