Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKOR ELGA MADADKOR

×

 2022-09-08 10:30:52    97

PDF yuklash
Chop etish





So‘nggi yillarda Qo‘shtepa tumanida ham tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy biznesning barqaror o‘sishini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, hududlarda ishlab chiqarishning muttasil o‘sishini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ko‘lamini kengaytirish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sezilarli darajada ijobiy o‘zgarishlarga erishildi.









Otabek Xakimov Langar mahallasida 2017 yilda  yaxshi niyatlar bilan ish boshladi. Maxsus kiyimlar ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan “Uniform partner” MCHJ tomonidan qisqa vaqt mobaynida bir qancha ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Shuningdek, birinchi navbatda korxonaga yaqin hududdagi mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oila vakillarini  ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Korxonada dastlab 5 nafar tikuvchi ayollar ishlagan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 30 dan oshdi. Qolaversa, yurtimizda tadbirkorlarga berilgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalangan Otabek Xakimov o‘z faoliyatni yanada kengaytirdi.











“Uniform partner” MChJda ishchilarga barcha sharoitlar yaratilib, bir mahal issiq ovqat tashkillangan. Ularning ishga kelib-ketishlari uchun esa alohida trasport ajratilgan. Ishchi xodimlar tomonidan yurtimizdagi yirik korxonalarga buyurtma asosida maxsus kiyimlar tikilayotgan bo‘lsa, MDH davlatlari bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, yaqin kunlarda eksportni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram