Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA “FERGANA GLOBAL TEXTILE” PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERI HOMIYLIGIDA 27 NAFAR EHTIYOJMAND OILA FARZANDLARINING SUNNAT TO’YLARI O’TKAZILDI

×

 2022-08-06 21:05:31    280

PDF yuklash
Chop etish



“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida boshlanayotgan O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami tantanalari arafasida Qo‘shtepa tumanida saxovat tadbiri bo‘ldi: “Fergana Global textile” paxta-to‘qimachilik klasteri homiyligida 27 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi. To‘yga bolalarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari, jamoatchilik faollari taklif etildilar.

Tuman sektorlari rahbarlari, mahallalar oqsoqollari bilan birgalikda tashkil etilgan ushbu tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Bolajonlarni qutlash uchun so‘z olgan viloyat rahbari Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasterlari jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tobora katta o‘rin egallayotganini qayd etib, bugungi xayriya tadbiri ham “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yurtimizda bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlarga, xayrli tashabbuslarga “Fergana Global textile” rahbarlarining “labbay” deb bergan javobi ekanini qayd etdi.

To‘yda bolalarga yangi sarpolar kiydirilib, har biriga velosiped va boshqa qator sovg‘alar topshirildi.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram