Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SOLIQCHI-KO’MAKCHI” TAMOYILI: APREL OYIDA 192 TA TADBIRKORLARNING MUAMMOLARI O’RGANILDI

×

 2022-05-10 22:37:14    137

PDF yuklash
Chop etish



Ma’lumki, Prezidentimiz 16 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida soliq to‘lovchilarga amaliy yordam berish, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga yangicha ishlashni o‘rgatish, elektron xizmatlar qamrovini oshirish zarurligi bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan edi.

“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida soliq to‘lovchilarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil aprel oyi davomida Qo‘shtepa tumani DSI tomonidan 192 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘ligan 165 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram