Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-01-27 21:19:29    77

PDF yuklash
Chop etish



“Xalq so‘zi” gazetasining joriy yil 22 yanvardagi 15-sonida Botir Madyorovning “Mahallaga e’tibor shumi?” hamda “UzA” saytida Muqimjon Qodirovning “Eski masjid binosida faoliyat ko‘rsatayotgan mahalla” sarlavhali tanqidiy maqolalari chop etilgan.

 Har ikkala tanqidiy maqolada ham Qo‘shtepa tumanidagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ishlash uchun sharoit umuman yo‘qligi ta’kidlangan bo‘lib, ushbu maqolalar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. 

 “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi haqidagi tanqidiy maqolani yortishda mahalla faoliyatida foydalanilmayotgan binolar go‘yoki mahalla idorasiga tegishli deb ko‘rsatilgan va binoning orqa tarafidan olingan suratlardan foydalanilgan.

Aslida mahalla binosiga tegishli xonalarda ishlash uchun sharoit mavjud. Hududda tabiiy gaz ta’minoti yo‘qligi sababli mavjud xonalar elektr jihozlari va vaqtinchalik qurilgan pechkalarda isitiladi.

“Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘iniga tuman hokimining 2020 yil 10 oktyabrdagi №481 sonli qaroriga asosan davlat xususiy sherikchilik asosida mahalla kompleksi qurish uchun yer maydoni tanlash va ajratish bo‘yicha tuman hokimining qarori chiqarilgan bo‘lib, ushbu qarorga asosan, “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan ma’muriy bino inshootlarining 150,0 kv.m bo‘sh yer maydoniga Qo‘shtepa tumani, “Kattaboltako‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini, Ariqboshi ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sotvoldiyev Axmadjon Ashuraliyevich tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevral kungi PQ-4602-sonli qarori 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida davlat xususiy sherikchilik asosida ikki qavatli shundan birinchi qavati “Mahalla kompleksi”, ikkinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasini bir yil muddatda qurib bitkazish va foydalanishga topshirish sharti bilan yer maydoni tanlash va belgilangan tartibda ajratib berish belgilangan bo‘lsada, tadbirkor Sotvoldiyev Axmadjon Ashuraliyevich tomonidan mazkur joyda qurilish ishlari belgilangan muddatlarda boshlamaganligi sababli, qaror bekor qilinib “Bo‘ston” MFYga yangitdan bino qurish 2022 yil dasturida “Hashar xomiylik” asosida qurib bitkazish va shu yil 2-choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram