Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOG’LOM AYOL - BUYUK KELAJAK

×

 2021-11-11 15:12:40    152

PDF yuklash
Chop etish



“Sog‘lom ayol – buyuk kelajak” shiori ostida Qo‘shtepa tumani BO’SMda tumanimizdagi xotin-qizlar o‘rtasida sportning gimnastika turi bo‘yicha ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi. 



Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan “Badiy gimnastika, “Erkin kurash”, “Ayollar gimnastradasi” bo‘yicha bir qator chiqishlar namoyish etildi. 




Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan musobaqada “Ayollar gimnastradasi” bo‘yicha Jamilaxon Solijonova,  Jannatoy Solijonova, Muxtaram Tursunaliyeva, “Badiy gimnastika” bo‘yicha Zamiraxon Jalilova, Saidaxon To‘xtanazarova, Xovaxon Mamajonovalar yuqori o‘rinlarni egalladilar.

Tadbir so‘ngida tuman hokimi o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash bo‘limi boshlig‘i Zoxidjon Kamilov tomonidan tadbirda munosib o‘rin egallagan qatnashchilariga “Mahalla” xayriya jamoat fondining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram