Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPADA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA “DOLZARB 40 KUNLIK» BOSHLANDI
2021-11-03 14:36:10 125
Bugun erta tongdan Qo’shtepa tumanida tuman hokimi I.Novikov rahbarligida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida daraxt ekish aktsiyasi boshlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta'minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash borasida qo’shtepaliklar ham daraxt ekishda o’z hissalarini qo’shmoqdalar.
Qo’shtepa tumanida joriy yilning noyabr oyida hamda kelgusi yil bahor mavsumida tut, pavloniya, mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez o’suvchi va boshqa ko’chatlar ekilishi rejalashtirilgan.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.