Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-02 19:53:01    118

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 47-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada tahsil olayotgan o’quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Mas'ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish hamda bitiruvchilarni oliy-ta'lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo’shimcha fan to’garaklari foliyatini ta'minlash bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganilib, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.



Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 96-sonli oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman rahbari tomonidan mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Sarmozor mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Oyazimxon” oilaviy korxonasi faoliyati o’rganilib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.



Tuman rahbari Sarmozor mahalla fuqarolar yig’ini Poytaxt ko’chasida yashovchi “Ayollar daftari”da turuvchi L.Olimovaning xonadonida bo’lib, oilaning yashash uyida xomiylar tomonidan olib borilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga xonadonda olib borilayotgan qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Sarmozor mahalla fuqarolar yig’inida xususiy sherikchilik asosida mahalla fuqarolar yig’ini binosini qurish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mutasaddi rahbarlar hamda tadbirkorga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram