Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

4-10 OKTYABR KUNLARI “KEKSALAR HAFTALIGI” O’TKAZILADI

×

 2021-10-04 12:17:09    127

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16 sentyabrdagi tegishli majlis bayoniga asosan, joriy yilning 4-10 oktyabr kunlari “Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g’oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o’tkazilishi rejalashtirildi.

Xonadonlarimiz fayzi va barchamizning hayotimizda katta o’rin tutuvchi keksalarga hurmat ko’rsatish, ularga har tomonlama ko’mak berish, shuningdek, ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan ushbu haftalik doirasida joylarda qator ma'naviy-ma'rifiy, sport, obodonlashtirish va xayriya tadbirlari o’tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun 15-sonli Musiqa va san'at maktabida “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bo’yicha tumanimizda istiqomat qiluvchi faol nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi. 


Shuningdek, tadbirda tuman hokimining o’rinbosari, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Kamilov, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining o’rinbosari J.Karimov, Sharqiy harbiy okrug ma'sul xodimlari va mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ham qatnashdilar.

Tuman hokimining o’rinbosari, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Kamilov “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bo’yicha tadbir ishtirokchilariga tushuncha va topshiriqlar berdi.

Tadbir so’ngida tuman Madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun diltortar kuy va qo’shiqlar ijro etildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram