Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-14 20:36:24    83

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish, uchastka saylov komissiya a'zolarini saylovga oid qonunchiliklar bilan tanishtirish hamda siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida 11-umumta'lim maktabida hamda “Yoshlar markazi”da uchastka saylov komissiya a'zolari uchun tashkil etilgan o’quv seminar jarayoni bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlarga o’tkazilayotgan o’quv seminarlar samaradorligini oshirish hamda tinglovchilar bilim saviyasini belgilangan tartibda sinovdan o’tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



17-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


2-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tadbirkor X.Abdupattoyev tomonidan “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan poyabzal tsexi faoliyati bilan tanishildi. Tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram