Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR JAMOATCHILIK KEGASHI VAKILLARINING FAOLIYATIDAN

×

 2021-09-08 17:24:38    150

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimining Xotin-qizlar masalalari buyicha maslahatchisi M.Mo’ydinova hamda tuman Xotin-qizlar jamoatchilik Kegashi vakillari hamkorligida Qizilariq mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 1-umumta'lim maktabining 9-sinf qizlari, G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi xotin-qizlar, 14-umumta'lim maktabining mutasaddi rahbarlari va 10-sinf o’quvchilari ishtirokida suhbatlar o’tkazildi.



Tadbirlar davomida xotin-qizlarning sharqona kiyinish va muomala madaniyati, yoshlarni o’qib ilm olishlari, o’zlari qiziqqan kasb hunar egasi bo’lishlari uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda unutilmas qadriyat va an'analarimiz haqida so’z bordi.

Qiyqi mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro R.Isaqov bilan farzandlari ta'minoti uchun ajratilgan aliment to’lovini o’z vaqtida to’lash, ularni xolidan xabar olish hamda oilasini tiklash yuzasidan suhbat o’tkazildi. Suhbat davomida otadan farzandlarining ta'minoti uchun belgilangan tartibda 500 ming so’m aliment puli ayoliga olib berildi.


Shuningdek, Qo’shtepa tumanidagi musiqa va san'at maktabining ma'naviyat zalida xotin-qizlarning kiyinish va muomala madaniyatini tartibga solish, muammoli oilalar va xotin-qizlar bilan ishlashda Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy ma'naviy masalalar bo’yicha rais o’rinbosarlari oldida turgan dolzarb vazifalar hamda mahallalardagi xotin-qizlar targ’ibot guruhlari tarkibini qayta ko’rib chiqish masalalari yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.

Unda asosiy e'tibor xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy ma'naviy muhitni sog’lomlashtirishga qaratildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram