Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 172 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ALIAKBAR O’Z OILASI, O’Z “ONASI” BAG’RIGA QAYTDI

×

 2021-07-31 16:47:57    99

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash va qo’llab-quvvatlashning bir necha tuzilmalari yo’lga qo’yilgan. Xususan, ayni kunda yurtimizdagi 13 ta Bolalar uyida 560 nafar, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasida 1 ming 823 nafar, 86 ta maxsus maktab-internatda 21 ming nafar o’g’il-qiz tarbiyalanmoqda. Bundan tashqari, 79 ming nafar bolalar homiylik, vasiylik va oila patronati qaramog’iga olingan. Ularning ta'lim-tarbiyasi, uy va ish bilan ta'minlanish masalalari hamisha davlatimiz e'tiborida.

Prezidentimiz raisligida 28 iyul kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida ham ayni shu masala kun tartibida tahlil qilingani bejiz emas. Nogironligi bo’lgan, ota-ona qaramog’idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini kengaytirish hamda ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish hukumatimiz g’amxo’rligi ostida yuksak bosqichga ko’tarilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning vidioselektorda bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida viloyatimizdagi 1-sonli Bolalar uyida tarbiyalanayotgan Qo’shtepa tumanida tug’ilgan voyaga yetmagan Tilavoldiyev Aliakbar Odil o’g’li o’z yaqinlari bag’riga qaytarildi.


Aliakbar Tilavoldiyev o’zining yaqin qarindoshi “Garmdon” mahallasida yashovchi Ma'muraxon Maxmudovaga vasiylik belgilanib, shu kunning o’zida yangi va chinakam oilasiga qaytdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram