Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMANIMIZDAGI BARCHA TASHKILOT VA KORXONA RAHBARLARIGA!
2021-07-06 11:31:54 169
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to’liq o’tishni ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida” 2021 yil 10 fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga barcha tizim va sohalarda munosib tayyorgarlik ko’rishni nazarda tutib hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2021 yil 1 iyul kuni imzolangan 30/1-2308-sonli topshiriq xati ijrosini ta'minlash uchun joriy yilning 25 iyul kuniga qadar:
- tumanimizdagi barcha joy, ko’cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ’ibot vositalari, reklama va e'lonlar;
- barcha turdagi ish qog’ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida ( tuman hokimligi namunasidagi holatda) bo’lishini ta'minlashingiz so’raladi.
QO’ShTEPA TUMANI HOKIMLIGI