Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

30 – IYUN YOSHLAR KUNI

×

 2021-06-30 23:04:42    122

PDF yuklash
Chop etish



“Yoshlar kuni” munosabati bilan tumanimizdagi faol va tashabbuskor yoshlarning bir guruhini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.


Tadbir tuman hokimligining majlislar zalida bo’ldi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

Tuman hokimi I.Novikov yoshlarni qutlab, ularning kelgusidagi o’qish va ishlariga omad tiladi.


Bu yil tumanimizdagi umumiy o’rta ta'lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan 34 nafar yoshlarga, tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etgan tashkilot rahbarlari, sektor kotiblari, “Yoshlar oyligi” doirasida o’tkazilgan musobaqa g’oliblariga, o’zining ijodiy va intelektual salohiyati, tanlagan kasb yo’nalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obro’-e'tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo’shayotgan, tengdoshlariga o’rnak va namuna bo’lib kelayotgan faol va yetakchi yoshlarimizga tuman hokimligining esdalik sovg’alari hamda viloyat Yoshlar ishlari agentligining tashakkurnomasi topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram