Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVRA SUHBATI: XOTIN-QIZLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRAMIZ

×

 2021-06-29 20:41:28    77

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Yangido’kon mahalla fuqarolar yig’inida 38 nafar muammoli, huquqiy maslahatga muhtoj bo’lgan xotin-qizlar bilan ularning muammolarini o’rganish, haq-huquqlarini himoya qilish, huquqiy savodxonligini, ijtimoiy–siyosiy faolligini oshirish maqsadida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova, viloyat “Mehrjon” Ayollar va Bolalar markazi tomonidan tashkil qilingan yuridik markaz huquqshunosi Sh.Abdurazzoqova, tuman IIB Xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori D.Vaxapovalar ishtirok etishdi.


Muloqot ishtirokchilariga davlatimiz tomonidan xotin-qizlarimizni huquq va manfaatlarini himoya qilib, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga ko’mak berish, zo’ravonlik va tayziqlardan himoya qilish, gender tengligi masalalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida sodda haqchil tilda ma'lumot va tushunchalar berildi.

Xotin-qizlarning ijtimoiy nafaqa, imtiyozli uy-joy olish, mulkiy nizolar, oilaviy kelishmovchiliklar masalasidagi so’rovlari eshitilib, soha mutaxassislari tomonidan huquqiy masalahatlar va tavsiyalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram