Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-06-04 09:14:50    107

PDF yuklash
Chop etish



Tumanda yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik turmush tarziga kiritish, shuningdek, sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadida velomarafon o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov ham ishtirok etdi.

Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 29-umumta'lim maktabida bo’lib, yakuniy imtixon topshirish jarayonlari va muassasa bitiruvchilarini oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Bu yilgi bitiruvchilarni oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo’layotgan muammolar sababli muddati o’tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tuman rahbari tomonidan Qumtepa mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiluvchi kredit to’lovlaridan qarzdorligi bo’lgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi. Tuman hokimi mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi Eshonguzar mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 49-umumta'lim maktabida bo’ldi. Hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda “Xavsiz mahalla” tamoili asosida ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida mutasaddi rahbarlar hamda aholi vakillari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish bo’yicha mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Sektor rahbari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash hamda ularni banligini ta'minlash, tadbirkorlikka yo’naltirish va kasb-hunar o’rgatish orqali daftardan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan pilla hosilini yig’ish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda yig’ishtirib olish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram