Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KITOBXONLIK HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA

×

 2021-04-08 21:05:32    104

PDF yuklash
Chop etish



Hukumat qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi ko’ra 2021 yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilangan.

Qo’shtepa tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan boshlangan "Kitobxonlik haftaligi" ham tumanimizda kitobsevarlar safi tobora kengayib borayotganini yana bir karra tasdiqlamoqda. E'tiborga molik jihati, mazkur haftalik tumanimiz bo’ylab keng quloch yozdi.


"Kitobxonlik haftaligi" doirasida Qo’shtepa tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari M.Xoshimova hamda M.Abduraxmonovalar 8-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida bo’ldilar. M.Qo’ziboyeva tarbiyasidagi "Kamalak" nomli 4-guruh tarbiyalanuvchilari uchun X. K. Andersen ertaklari asosida ovozli o’qish tashkil etildi. "Oqqushlar", "Qizil shapkacha", o’zbek xalq ertaklaridan "Tulki bilan turna" nomli ertaklar bolajonlarga o’qib berildi. 


Shundan so’ng ertaklardagi salbiy hamda ijobiy qahramonlar haqida suhbat bo’lib o’tdi. Bolajonlar maroq bilan ertaklar tinglab, o’zlari bilgan ertak qahramonlari qiyofasini jonlantirishga harakat qilib, yod olgan she'rlaridan aytib berdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram