Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKORLAR QABULI – MUAMMOGA YECHIM TOPISH UCHUN SAMARALI USUL

×

 2021-04-05 16:07:26    87

PDF yuklash
Chop etish



Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan haftada bir marotaba “Tadbirkorlar qabuli” o’tkazilib kelinmoqda. 


Bugun navbatdagi qabul tumanimizdagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida o’tkazildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagida bo’lgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ko’rib chiqish va muammolarini o’z vaqtida bartaraf etish maqsadida  tuman rahbari tadbirkorlarni qabul qildi.


Bugungi qabulda 10 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etib, ular tomonidan tadbirkorlikni kengaytirish hamda yangi ishchi o’rinlar yaratish uchun kredit olish va yer maydoni ajratish kabi masalalarda murojaatlar qilindi. 


Qabulda har bir tadbirkorning murojaatlari tuman hokimi tomonidan eshitildi. Murojaatlarning aksariyatini joyida hal etilishiga e'tibor qaratildi. Muddat talab etuvchi murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, huquqiy maslahatlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram