Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSOBAQA G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2021-02-13 21:11:04    122

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi 1-sektor hududida, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy o’sishga erishish hisobidan xalqimizning farovonligini oshirish va kundalik hayotdagi muammolarini hal etish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabr kunidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash borasida talaygina ishlar olib borilmoqda.

1-sektor hududida uyushmagan yoshlar o’rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida sektor hududidagi uyushmagan yoshlar o’rtasida sportning futbol turi bo’yicha “Qo’shtepa tumani 1-sektor rahbari Kubogi” musobaqasi bo’lib o’tdi.

Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni hayotda o’z o’rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, ularni kasbga yo’naltirish va bandligini ta'minlash, tashabbuslarini rag’batlantirish, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ko’p sonli yoshlarning o’z iqtidor va iste'dodini ro’yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot g’oyalar ta'siridan himoya qilish, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo’yicha olib borayotgan odilona siyosatiga to’xtalib o’tdi. Tuman hokimi o’tkazilgan musoboqada munosib qatnashganliklari uchun barcha jamoalarga o’z minnadorchiligini bildirdi.

Musobaqa so’ngida g’olib jamoalarga tuman hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram