Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI YO’LGA QO’YILMOQDA

×

 2021-02-08 15:14:02    121

PDF yuklash
Chop etish



Prezidentimiz barcha darajadagi rahbarlarga faoliyati davomida eng quyi tizim – mahalladagi aniq holatni o’rganishni muhim vazifa sifatida belgilab berayotgani bejiz emas.

Bu yurtimizdagi har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mahallaning «o’sish nuqta»larini aniqlash imkonini beradi. Shu asosda har bir mahallaning o’ziga xos hayot tarzidan kelib chiqib, hududlarni rivojlantirish dasturlari va kambag’allikni qisqartirish rejalari ishlab chiqiladi.

Bugun "Mahallabay" ishlash tizimida viloyatda, qolaversa tumanimizda yangi tajriba yaratilmoqda. Kambag’allikni qisqartirish, aholini daromad topishiga ko’maklashish choralari ko’rilmoqda.



Tuman hokimligining majlislar zalida “Mahallabay” ishlash tizimini yo’lga qo’yishni tashkil etish to’g’risida” o’quv seminar tashkil etildi.

Tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari, tumandagi tijorat banklari filiallari rahbarlari va mahallalarga biriktirilgan mas'ul bank xodimlari ishtirok etdilar.



O’quv seminarda tuman hokimi I.Novikov va viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Yu.Xusainovlar ham qatnashdilar.



Seminar davomida ishtirokchilarga “Mahallabay” ishlash tizimini joriy etishning mazmun-mohiyati va ko’zlangan maqsadlari haqida tushunchalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram