Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPALIK YOSHLAR - IJOD MAKTABIDA

×

 2021-01-30 09:48:20    130

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida 2021 yilning 19 yanvar kuni “Ma'naviy  - ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish”  masalalari bo’yicha o’tkazilgan videoselektor yig’ilishidagi vazifa va topshiriqlar ijrosini bajarish maqsadida, Qo’shtepa tumani hokimligi tashabbusi bilan tuman Xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi umumiy o’rta ta'lim maktablaridan iqtidorli 20 nafar o’quvchilar joriy yilning 29 yanvar kuni Marg’ilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov ijod maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida o’quvchilar Erkin Voxidov muzeyida bo’lib,  u yerdagi boy, ma'naviy meros bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida o’quvchi-yoshlar Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan mahorat darslarida ishtirok etdilar.

Mahorat darslarida O’zbekiston xalq shoirasi Enaxon Siddiqovaning ham ishtiroki adabiy muhitga o’zgacha bir shukuh berdi.

Yoshlarimizni zamonamiz qahramonlari, boy ma'naviy merosimizni o’rganishga katta hissa qo’shgan bugungi tashrif hamda adabiy uchrashuv qizg’in savol-javob va bahs munozaralarga boy, ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.

U.Xolmatov,

tuman hokimining maslahatchisi.