Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GAZ BALLONLARIDAN FOYDALANISHDA NIMALARGA E'TIBOR BERISH KERAK?

×

 2021-01-28 16:22:30    116

PDF yuklash
Chop etish


Xonadonlarda gaz ballonlarini qo’llash yong’in xavfsizligi nuqtai nazaridan alohida e'tibor talab qiladi. Gaz saqlanadigan ballonlardan to’g’ri foydalanishni bilish xavf darajasini pasaytirish, talofat va qurbonlarning oldini olishga ko’mak beradi.

Mazkur masalani hal etish uchun aholiga gaz ballonlari va ulardan to’g’ri foydalanish to’g’risida sodda, aniq ma'lumotlar berish va tushuntirish ishlarini olib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Shu munosabat bilan Qo’shtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda muntazam ravishda targ’ibot tadbirlarini olib bormoqdalar.

O’tkazilayotgan proflaktik tadbirlarda, aholining ko’p qismini gaz ballonlaridan foydalanilishi inobatga olinib, ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, jumladan, nosoz, sertifikatga ega bo’lmagan ballonlardan foydalanmaslik, isitish pechi yoki qizigan yuzalarga yaqin qo’ymaslik haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.