Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSOBAQA G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2021-01-28 15:37:45    109

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi 23-umumiy o’rta ta'lim maktabining o’yingohida yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o’z qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun 3-sektor hududida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada sektor hududidagi mahallalardan uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar. Qiziqarli o’tgan musoboqa yakunlanib taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga qaratilgan musobaqa so’ngida g’olib jamoalar aniqlandi. O’yin natijalariga ko’ra 1-o’rin Shomirza, 2-o’rin Shahartepa, 3-o’rin Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’inlari jamoalariga nasib etdi.

Tadbirda tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari S.Abdullayev qatnashib, g’oliblarga 3-sektor kubogini hamda diplom va qimmatbaho sovg’alarni topshirdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.