Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-01-20 16:06:56    104

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumanidan yozyapmiz. Chiroq 10-12 soatlab o’chyapti. Fonar yoqib o’tiribmiz. Ishonch raqamiga qo’ng’iroq qilib tusholmaymiz...” - deya shikoyat qilingan.

Ushbu murojaatga tuman Elektr ta'minoti korxonasi mutasaddilari quyidagicha javob beradi:

Qo’shtepa tumanida asosan L.Ochisnaya 110 kV uzatmasidan ta'minlanuvchi Shomirza, Shahartepa, Dehqonobod, Loyson, Paxtakor, Garmdon, Borot, Yangiariq, Solijonobod, Langar, Shodlik, Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’inlari hudularida elektr ta'minotida uzilishlar ko’plab yuz berdi. Sababi L.Ochisnaya 110 kV uzatmasi yuklamani avtomatik cheklash qurilmasi tizimiga ulangan.

10 yanvar kuni tuman hokimining tumandagi aholi va tadbirkorlik sub'yektlari elektr ta'minotidagi uzilishlarni tartibga solish bo’yicha "Farg’ona XETK"  AJ rahbariyatiga bildirgan murojaatidan so’ng "Farg’ona  XETK" AJ bosh direktori va texnik masalalar bo’yicha direktori tuman hokimligiga tashrif buyurdilar. Ular tumanimizdagi vaziyatni o’rganib, murojaatni ijobiy xal etilishini bildirishdi.

Joriy yil 11 yanvar kuni "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan L.Ochisnaya 110 kV uzatmasi yuklamani avtomatik cheklash himoyasi tizimidan chiqarildi va shu kundan boshlab, belgilangan soatlar (3-5 soat)da cheklash ishlari olib borilmokda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.