Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SERTIFIKAT TOPSHIRILDI

×

 2020-12-31 13:24:58    138

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 30 dekabr kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyat filialida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasining masofaviy malaka oshirish kurslari natijalari bo’yicha viloyat hamda tuman va shahar mahalliy hokimlik organlarining Tashkiliy-nazorat guruhlari rahbarlariga sertifikat topshirish tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda agentlik filiali rahbari S.Islomov viloyatimizdagi shahar va tuman Tashkiliy-nazorat guruhi rahbarlariga sertifikatlarni topshirdi.

Ushbu tadbirda Qo’shtepa tumani Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari G’olibjon Madaminov ham ishtirok etib, agentlik filiali rahbari S.Islomovdan sertifikatni qabul qilib oldi.

Tadbir davomida S.Islomov barchani yaqinlashib kelayotgan yangi “2021 yil - Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” bilan qutlab, o’zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Shuningdek, 2021 yilda oldinda turgan ustuvor vazifalar, Yoshlarni qo’llab-quvvatlash, davlat xizmatiga ochiq tanlovlar, davlat xizmatchilarini malakasini oshirish va boshqa bir qator muhim masalalar yuzasidan kelishib olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.