Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA...

×

 2020-10-09 19:40:51    144

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikovning bugungi ish rejasiga ko’ra, G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi “Temir daftar”ga kiritilgan 16 ta xonadonda istiqomat qilayotgan aholi bilan suhbat o’tkazildi. Ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar o’rganilib, tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi orqali qurib berilgan issiqxonalar hamda yetkazib berilgan naslli quyonlar ahvoli, kredit orqali yetkazib berilgan parranda, qo’y hamda tikuv mashinalaridan samarali foydalanish bo’yicha monitoring o’tkazildi.

Shuningdek, tuman hokimi I.Novikov G’ishtmon mahallasidagi 14-umumta'lim maktabidagi o’quv jarayonlarini monitoring qilish va maktabda kuz-qishga tayyorgarlik ishlarini o’rganish maqsadida ushbu muassasada bo’ldi.

Maktabdagi kuz-qishga tayyorgarlik ishlarini, pandemiya davrida o’quvchilarga yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdi.

Bugungi kunda umumta'lim maktabiga kuz-qish uchun 50 tonna ko’mir mahsulotlarini zaxira qilish belgilangan bo’lib, joriy yilning 15 oktyabr kuniga qadar to’liq zaxira qilingan. Isitish tizimida muammolar mavjud emas.

I.Novikov 14-umumta'lim maktabida an'anaviy tarzda o’qishni davom ettirayotgan 11-sinf o’quvchilarining dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. O’quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularni kelajakda kim bo’lishlari va bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazayotganliklari bilan qiziqdi.

Shundan so’ng, I.Novikov tuman Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 28-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, kuz-qishga tayyorgarlik bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ushbu 28-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni qamrab olish quvvati 110 nafarni tashkil etadi. Muassasada isitish tizimida muammolar mavjud emas. Tashkilotga kuz-qish uchun 43 tonna ko’mir mahsulotlarini zaxira qilish belgilangan bo’lib, joriy yilning 15 oktyabr kuniga qadar to’liq zaxira qilinishini ta'minlash bo’yicha belgilangan tartibda choralar ko’rildi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli G’ishtmon qishloq vrachlik punktida bo’lgan I.Novikov aholi salomatligini ta'minlash borasida yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy dorixona faoliti hamda muassasada kuz-qishga tayyorgarlik bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ushbu qishloq vrachlik punktida kuz-qishga tayyorgarlik ko’rilib, 7.5 tonna ko’mir mahsulotlari zaxirasi tashkil etilgan. Isitish tizimida muammolar mavjud emas. Muassasada tashkil etilgan ijtimoiy dorixonada dori-darmon vositalari arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, tuman hokimi I.Novikovning G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi “G’ishtmon” madaniyat markazida hokim o’rinbosarlari va bir qator idoralar rahbarlari ishtirokida sayyor qabuli ham o’tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o’tgan mazkur qabulda asosan fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topish, aholining davlat, jamiyatga bo’lgan ishonchini oshirishga asosiy e'tibor qaratildi.

 O’tkazilgan sayyor qabulda, 9 nafar aholi vakillari turli sohadagi masalalar bilan ishtirok etishdi. Sayyor qabulda ko’tarilgan masalalarning 3 tasiga asosli tushuntirishlar berildi. 6 ta murojaat o’rganib ijobiy hal etish uchun muddatlar belgilanib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.  

Sayyor qabuldan so’ng tuman hokimi I.Novikov G’ishtmon madaniyat markazida kuz-qishga tayyorgarlik ishlari bilan ham tanishdi.

Karantin davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va narxni barqaror ushlab turish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. Shu maqsadda I.Novikov G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’ini hududida narx-navolarni o’rganish maqsadida, savdo do’konlarida ham bo’ldi.

 Sotuvchi va xaridorlar bilan karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish, fuqarolar o’rtasidagi oraliq masofani saqlash, savdo madaniyatiga amal qilish yuzasidan muloqot qildi.

Shuningdek, sotuvchilarga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlariga yo’l qo’ymaslik yuzasidan ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tuman 1-sektor shtabi.