Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepada «Bo’sh ish o’rinlari» mehnat yarmarkasi o’tkazildi (foto)

×

 2020-09-11 20:12:09    198

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodovning tashabbusi bilan joriy yilning 11 sentyabr kuni sektor hududida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi o’tkazildi. Yarmarkani o’tkazishda Qo’shtepa tuman hokimligi, tuman bandlikka ko’maklashish markazi, Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi hamkorlik qildilar.

Mehnat yarmarkasida tumandagi 71 dan ortiq korxona va muassasalar hamda tadbirkorlik sub'yektlari 243 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdi. Mehnat yarmarkasida 170 dan ortiq ishsiz fuqarolar ishtirok etib, 100 nafarining bandiligi ta'minlandi.

Jumladan, tuman prokurori M.Shomurodovning tashabbusi bilan tumandagi 51 ta umumta'lim maktablarining har biriga 1 tadan hamshira yordamchisi vazifasi ajratilib, 51 ta xotin-qizlar mavsumiy ishga qabul qilindi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.