Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HURMATLI QO’SHTEPA TUMANI ELEKTR ENERGIYASI ISTE'MOLCHILARI!

×

 2020-08-05 17:17:48    1148

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli Respublika maxsus komissiyasi qarori bo’yicha karantin choralari 15 avgust kunigacha uzaytirildi.   

Albatta, belgilangan 10 kun mobaynida kommunal xizmatlarga, xususan, qarzdorlik yig’ilib qolmasligi uchun foydalanilgan elektr energiyasiga to’lovlarni amalga oshirish ehtiyoji bo’ladi.

“Farg’ona Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qo’shtepa tumani elektr ta'minoti korxonasi o’zingiz va yaqinlaringizning sog’lig’iga befarq bo’lmagan holda, foydalanilgan elektr energiyasi uchun to’lovlarni tuman elektr ta'minoti korxonasiga tashrif buyurmasdan mamlakatimizda mavjud barcha to’lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o’tadi.

“Farg’ona Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qo’shtepa tumani elektr ta'minoti korxonasi.