Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLALAR KUNIGA MUNOSIB TUHFA

×

 2020-06-01 17:57:56    111

PDF yuklash
Chop etish


1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni 70 yildirki, butun dunyoda bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Har yili yoz faslining ilk kuni bog’u xiyobonlar, teatr va muzeylar, konsert zallari kichkintoylar bilan gavjum bo’lardi. Sport musobaqalari, turli qiziqarli viktorinalar yanada avj olardi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hozirgidek tarzda nishonlanishi hyech kimning xayoliga ham kelmagan edi.

Bayram munosabati bilan Qo’shtepa tumani hokimligi va O’zbekiston XDP tuman kengashi deputatlik guruhi a'zolari hamkorlikda markaziy shifoxonaga bemor bolajonlarni tabriklash maqsadida tashrif buyurdilar.

Markaziy shifoxonada 39 o’rinli bolalar bo’limi, 10 o’rinli shoshilinch  pediatriya bo’limi va 11 o’rinli chaqaloqlar patologiyasi mavjud bo’lib, xozirgi kunda bu bo’limlarda o’pka zotiljami, o’tkir respirator kasalliklari, faringit va loringit bilan kasallangan 55 nafar bemor bolajonlar davolanmoqda.

Bugungi xayriya tadbiri karantin qoidalariga qa'tiy amal qilgan xolda o’tkazilib, shifoxonadagi bemor bolajonlarga quvonch ulashish maqsadida ularga esdalik  sovg’alari ulashildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati