Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAXTLI VA SOG’LOM OILALARIMIZ KO’PAYSIN!

×

 2020-05-15 17:12:12    456

PDF yuklash
Chop etish


 Baxtli oilalar tufayli baxtli jamoa vujudga keladi. Chunki baxtli ota-onalar baxtli bolalarni ulg’aytiradilar, bir-biriga mehr qo’ygan ota-onalarning farzandlari ham bir-birlariga mehr qo’yadi.

Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta'minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma'naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Bu dargoh fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasidir. Bu muqaddas maskanda inson dunyoga keladi, aynan mana shu yerda u ma'naviy va ahloqiy jihatdan kamol topadi.

Biz yosh kelin-kuyovlarimizga oila muqaddas ekanligini mukammal tushuntirishimiz kerak. Shunda har bir oila mustahkam, tinch, osoyishta va baxtli hayot kechiradi. Ba'zi bir arzimas kamchiliklar va tushunmovchiliklar tufayli ajralishlar oldi olinadi.

Oila halovati juda ulug’ ne'mat sanaladi. Shu ma'noda oila hayotining baxt-saodati va xotirjamligida er va xotin, qaynona va kelin, ota-ona va farzandlar o’rtasidagi muomalariga e'tibor berish lozim bo’ladi. Oila muhitidagi yuksak ma'naviy muhitni tashkil etishda oila-a'zolarining, ayniqsa, er va xotinning o’zaro murosa-madoraga borishi, g’azabi kelganda uni yengishi va shirin so’zli bo’lishi, shu bilan birga, oilaviy sirlarni ko’chaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi.

Keyingi paytlarda yurtimizda oila mustahkamligi, kelin-kuyovning baxtli, tug’ilajak zurriyotlarning sog’lom bo’lishini o’ylab nikoh oldidan kelin-kuyov tibbiy ko’rikdan o’tkazish ham joriy etildi. Avaylab-ardoqlab voyaga yetkazgan qizini ne-ne umidlar va katta harajatlar bilan turmushga uzatgan, qizlari tufayli kuyovli bo’lgan nabiralarni orzulagan ota-ona to’ydan ko’p o’tmay kuyovining davosiz, bedavo dardga yo’liqqanini bilsa, qay ahvolga tushishini bir o’ylab ko’ring. Ana shunday ko’ngilsiz voqyealarning oldini olish, oila va farzandlar iqbolini o’ylab, sog’lom oila va turmushni barpo etish maqsadida joriy etilgan bu tadbirning kelin-kuyovga ham, ularning yaqinlariga ham faqat foydasi bor.

Qachon oila baxtli va namunali bo’ladi, qachonki oilada odob, ilm, lutf, ahillik muhiti, o’sha oila ibratli oilalardan bo’ladi. Hammalarimizni ibratli oilalardan bo’lishni nasib qilsin.

B. Mo’minova,

Qo’shtepa tumani hokimligi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining 1-o’rinbosari