Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QADAMING QUTLUG‘ KELSIN, NAVRO‘Z!

×

 2020-03-20 14:20:23    128

PDF yuklash
Chop etish


Navro‘zi olam qalblarimizda eng inja tuyg‘ularni uyg‘otadi. Inson ongi va tafakkurida umuminsoniy g‘oyalar mavjlanadi.

O‘zbek xalqi bunyodkor xalq. Bu el yaratuvchi el. U toshlarda gulzorlar, bog‘u rog‘lar yaratadi. Bu xalq ezgu niyatlar bilan yerga nihol qadaydi. Farzandi, nabira, evarasi uchun uy quradi. Beshik to‘y, hovli to‘ylar o‘tkazadi. Yaxshi kunimga, bolalarimga deb sarmoya to‘playdi.

Ana shunday bag‘ri butun, orzulari osmon odamlar yashaydi O‘zbekistonda. Tinchlikni non va imon kabi ardoqlaydigan, nafaqat o‘zi uchun, balki butun dunyo uchun, tinchlik so‘raydigan bag‘ri keng, tanti insonlar yashaydi O‘zbekistonda.

Navro‘z mehr-oqibat, xayr-saxovat, o‘zaro hurmat, ahillik, g‘amxo‘rlik, e'tibor va e'zoz tantanasidir.

Navro‘zi olamni nafaqat insonlar, balki zaminu osmon, ona tabiat, jami tiriklik intiq kutadi, shodlanadi, quvonchga to‘ladi.

Bolasini sevadigan, farzandini ardoqlaydigan, dilbandini yeru ko‘kka ishonmaydigan, “Bolam” deb yashaydigan o‘zbek xalqi Nav­ro‘zi olamni kutib olyapti. Unga peshvoz chiq­yapti. Qadaming qutluq kelsin, Navro‘z!

Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin! Har kunimiz ezgulik, baxt, iqbol, quvonchga to‘lsin. Navro‘zingiz muborak bo‘lsin!

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati