Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BIR YIL TUT EKKAN KISHI, YUZ YIL GAVHAR TERADI

×

 2020-03-19 17:20:15    222

PDF yuklash
Chop etish


Bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi, deyishadi yoshi ulug‘larimiz. Darhaqiat, bugungi kunda tumanimizda yangi tutzorlar tashkil qilish borasida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda biz yuqoridagi hikmatli so‘zni unutgandek bo‘ldik go‘yo. Tutlarni kesdik, o‘tin qildik. Oxir oqibat ipak qurti ozuqasi uchun barg yetkaza olmay qoldik. Yerlarimiz sho‘rlasha boshladi. Mana bugun tutzorlar barpo qilinyapti, yo‘l cheti, ariq bo‘ylariga tut ko‘chatlari ekilyapti.

Tumanimizda bir necha yillardan buyon sho‘rlashib, ekin ekilmagan  150 gektar yer maydonida tut plantatsiyalari barpo qilinmoqda. Ushbu ishlar klasterlar tomonidan olib borilmoqda va yangi tutzorlar barpo qilinmoqda. Birgina “Sharq ipagi durdonasi” klasteri tomonidan 100 gektar yerda tut plantatsiyasi barpo etilmoqda.

Bunday tutzorlarning afzalligi shundaki, tut maydonlari qator oralariga yoshlar ekin ekib, qo‘shimcha daromadlar olishadi. Endi yoshlarimiz vaqtini bekor o‘tkazmasdan navnihol tutlarni parvarishlab, qatori orasiga poliz, sabzavot va dukkakli ekin ekib dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Oilasiga qo‘shimcha daromad keltiradi.

Bugun Aligavxarov Langar MMTPga qarashli hududda tut ko‘chati ekish hashari bo‘lib, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan «Har bir yoshga bir gektar» loyihasi o‘tkazildi.  Ushbu loyihada tumanimizdagi band bo‘lmagan 300 nafarga yaqin yoshlar qatnashdi. Olingan ariqlar qoshlanib, tut ko‘chatlari yaxshi niyatda ekildi. Ushbu loyihani o‘tkazishdan maqsad ishsiz yoshlarning mavsumiy bandligini ta'minlash, ularni tomorqadan maqsadli foydalanishga, qo‘shimcha daromad topishga yo‘naltirishdir. Tadbir davomida 10 nafar yoshlarga 20 sotixdan yer ajratildi va yoshlarga tuman hokimining sertifikati topshirildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati