Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan ijro hujjatiga asosan aliment to‘lashi ko‘rsatilgan ishsiz qarzdorlar ishga joylashtirilib, buzilgan oilalar tiklanmoqda

×

 2020-01-13 14:44:37    119

PDF yuklash
Chop etish


Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatlariga asosan voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taʼminoti uchun aliment to‘lashi ko‘rsatilgan ishsiz qarzdorlarni ishga joylashtirish yuzasidan mehnat yarmarkalari tashkil etilgan. O‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida 120 nafar ishsiz qarzdorlar ishga joylashtirilib, aliment undiruvi O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 64-moddasiga asosan qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan.

Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan yarashtiruv komissiyalari bilan uzrli sabablarsiz ajrashib ketayotgan yosh oilalarni yarashtirish ishlarini olib borish, yoshlarga oila muqaddas dargoh ekanligini tushuntirib, ota-onalarni o‘zaro kelishmovchiliklari oqibatida qanchadan-qancha farzandlar ota-ona mehriga zor bo‘lib ulg‘ayishayotgani yuzasidan muntazam ravishda proflaktik suhbatlar o‘tkazib kelingan. O‘tkazilgan proflaktik suhbatlar davomida 549 ta buzilgan oilalar tiklandi.

Masalan, majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan Qo‘shtepa tumani Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘inida ijro hujjatiga asosan aliment to‘lashi ko‘rsatilgan qarzdorlar bilan o‘tkazilgan proflaktik suhbat davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2014 yil 23-maydagi B-2047/2014-sonli sud buyrug‘iga asosan qarzdor U.Xasanovdan undiruvchi D.Bozorova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun har qanday topgan daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati undiruvchi D.Bozorovaning arizasiga asosan ijro ishi yurituvi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasi, 3-qismiga asosan tamomlanib undiruvchilarga qaytarib berildi.


Umidjon MELIYEV,

Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari