Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tashabbuskor yoshlardan - yangi gʼoya va takliflar

×

 2019-10-12 15:49:50    190

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi? Inson hayoti davomida unutilmas davrlardan biri bu maktabda oʼqib, bilim olgan damlari boʼlsa kerak. Shu davrlar yodimga tushgan zahoti oʼzim tamomlagan 10-umumtaʼlim maktabi sari oshiqaman. Hozirda yangi gʼoya va takliflarim ustida ishlab, ushbu maskandagi yoshlar bilan baham koʼrib, tahlil qilib kelmoqdaman.

Bugungi kunda biz yoshlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar ham cheksiz samodek bilsangiz!

Ziyo maskaniga kirar ekanman eʼtiborimni moʼjaz, oʼz maqsadlari yoʼlida olgʼa qadam tashlayotgan yoshlar gavjum xona tortdi. Ustozlarim oʼrgatganlaridek, oʼz tajribalarimdan kelib chiqqan holda ukalarim va singillarim bilan kichik suhbat tashkil etdik. Maktabning tashabbuskor yoshlari bilan turli loyihalar ustida fikr almashdik.

Uchrashuv davomida yoshlarning takliflari qabul qilindi. Ular quyidagicha:

-maktabning kirish qismida "Tavallud kun","Gʼoya uchun" burchak tashkil etish,

-istiqomat qilib turgan hududimizdagi siyosiy soha vakillari bilan "Sharhlar" vaqtini tayyorlash,

-IT sohasida oʼqib izlanayotgan yoshlar bilan "Cltr+school" toʼgaraklarini tashkillash,

-hududimizdagi yosh sportchilar bilan "Sport time" kabi yangiliklarni tashkillashni maqsad qilib qoʼydik hamda bugundan buyon oʼquvchi, yoshlarni yanada qoʼllab-quvvatlab, mahallamiz iftihorlarini koʼpaytirishni oʼz oldimizga muhim vazifa qilib qoʼydik.


Sardorbek ORIFOV,

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Qoʼshtepa

tuman kengashi matbuot xizmati xodimi