Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo'shtepa tumani hokimining 2019 yil 31 may kungi № 2351 sonli qarori

×

 2019-06-04 09:28:10    281

PDF yuklash
Chop etish


2019 yil 31 may                                                         № 2351

2019 yilning  I choragi davomida Qo‘shtepa tuman mahalliy byudjetining daromadlari va xarajatlari rejasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 148-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-I-son) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda) 25-moddasini qo‘llab

QAROR QILAMAN:

1. Xalq   deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining 2019 yil 20 apreldagi 254/63-5-sonli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yilning I choragi davomida kiritilgan bildirishnomalari, viloyat hokimi va tuman hokimining qarorlari, farmoyishlari hamda tuman hokimligi moliya bo‘limining taqdimnomalariga muvofiq, 2019 yilning I choragi davomida tuman mahalliy byudjetining tasdiqlangan ko‘rsatkichlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Qo‘shtepa tumani mahalliy byudjetining 2019 yil I chorak:

-  daromadlari rejasiga kiritilgan o‘zgartirishlar 1-ilovaga muvofiq;

-   xarajatlari rejasiga kiritilgan o‘zgartirishlar 2-ilovaga muvofiq; tasdiqlansin.

3.   Qo‘shtepa tuman  hokimligi moliya bo‘limi (A.Ismoilov)ga 2019 yilning I choragida tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar rejasiga ilovalarga muvofiq byudjet parametrlarida belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritish va ularning hisobini yuritish vazifasi yuklatilsin.

4.   Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B.Taniqulov zimmasiga yuklatilsin.

Tuman hokimi                                                          I.Novikov